SMEG
Ikonik italyan dizaynini har kuni ko‘rinadigan kontentga aylantirdik — mavsumiy aksiyalardan tortib yangi kolleksiya taqdimotigacha.
- Mijoz
- SMEG
- Ish
- Kampaniya, SMM, Key visual
- Format
- Post, Stories, Print
Luxury
Summer Sale
Yozgi −25% aksiya uchun yagona vizual tizim: retro plakat uslubidagi key visual, plyaj kayfiyatidagi mahsulot postlari va bitta aniq taklif — chegirma.



Total Mattness
Amberclay
Yangi mat rangdagi kolleksiya uchun cho‘l teksturalari bilan kollaj: rangni so‘z bilan emas, kayfiyat bilan sotamiz.

“Rang — bu ham material.”
Amberclay soyasi qum, tosh va quyosh nuri orqali ochiladi. Muzlatkich, kran va plita bitta palitrada — kolleksiya bir butun bo‘lib ko‘rinadi.
Har kuni
ilhom
Vertikal formatdagi brend stories: minimal matn, ko‘p havo va mahsulot — xuddi jurnal sahifasidagidek.


O‘qituvchilar
kuni
Bayram postini sovg‘a g‘oyalari bilan bog‘ladik: tabrik + mahsulot tanlovi uchun sabab. Tipografiya va bitta atirgul — ortiqcha hech narsa.

SMEG — bu texnika emas, obyekt. Shuning uchun har bir kadrda mahsulot asosiy qahramon, fon esa kayfiyat.
→